KIRISH
Nega bizga git commit ni to'g'ri yozishimiz kerak ? Dasturlashda o'zgarishlar tarixini toza va tartibli saqlash sifatli loyihaning asosi va sheriklarga qilingan ishlarni to'g'ri tushuntira olishdir. Har xil uslubda yozilgan commit xabarlari loyiha kattalashgani sari xatoga aylanadi. Xalqaro "Conventional Commits" standartiga amal qilish quyidagi muhim afzalliklarni beradi:
1. Jamoaviy ishlashni osonlashtiradi: Loyihaga yangi qo'shilgan yoki boshqa jamoa a'zolari kodni to'liq o'qib chiqmasdan turib, qanday o'zgarishlar bo'lganini bir qarashda tushunadi.
2. Xatolarni tez topish imkoniyati: Agar dasturda kutilmagan bug (xatolik) kelib chiqsa, muammoga sabab bo'lgan aniq commitni topish bir necha soniya vaqt oladi.
3. Avtomatlashtirish (CI/CD): Standartlashgan xabarlar orqali versiyalarni avtomatik yangilash va foydalanuvchilar uchun "Changelog" (O'zgarishlar tarixi) hujjatini o'z-o'zidan generatsiya qilish mumkin bo'ladi.
Conventional Commits Turlari
Yangi xususiyatlar qo'shilganida:
feat: Loyihaga mutlaqo yangi xususiyat (feature) yoki funksionallik qo'shilganda ishlatiladi.
Buglar to'g'irlanganida:
fix: Dasturdagi mavjud xatoliklar yoki buglar tuzatilganda qo'llaniladi.
Optimallashtirish bo'lganida:
refactor: Kodning ishlash mantiqiga ta'sir qilmagan holda uning sifati, tuzilishi yoki o'qilishi yaxshilanganda (masalan, keraksiz fayllarni o'chirish yoki kodni optimallashtirish).
Hujjatlarga o'zgartirishlar kiritilsa:
docs: Faqat loyiha hujjatlariga (README.md, API doc) o'zgartirishlar kiritilganda.
Dependencylar yangilansa:
chore: Asosiy kodga daxli bo'lmagan, yordamchi vositalar va kutubxonalarni (dependencies) yangilash kabi jarayonlarda.
Kodga daxli yo'q vizual o'zgarishlarda:
style: Kodning qanday ishlashiga umuman ta'sir qilmaydigan vizual o'zgarishlar (probellar, vergullar, kodni avtomatik formatlash).
Xulosa: To'g'ri commit yozish orqali o'zingiz bajargan ishingizni hamkasblaringizga to'g'ri tushuntirib berish demakdir.
