Loyiha qanday qurilgan, unda qaysi texnologiyalar ishlatilganligi, deploy va admin panel haqida.
๐ง Backend โ Go + Gin + PostgreSQL Butun tizimning yuragi. Go tilida yozilgan, Gin framework bilan, PostgreSQL'da (Neon โ managed, serverless Postgres) ma'lumot saqlanadi. Arxitektura ataylab sodda qilingan โ ortiqcha abstraksiya yo'q, faqat ishlaydigan, tushunarli kod.
๐จ Ikkita frontend, bitta backend
Telegram Mini App (Vue 3) โ foydalanuvchi tomoni, to'liq Telegram ichida ochiladi Admin panel (Vue 3, alohida) โ login/parol bilan, statistika, kontent boshqaruvi
Ikkalasi ham bitta Go server tomonidan serve qilinadi โ bitta domen, bitta deploy, CORS muammosi yo'q.
๐ค Sun'iy intellekt integratsiyasi โ Google Gemini
Bu loyihaning eng qiziq qismi. Gemini API (bepul tarifda!) orqali:
โ๏ธ Writing (IELTS uslubida) โ rasm asosidagi Task 1 va argumentativ Task 2 javoblarini AI 4 ta rasmiy IELTS mezoni bo'yicha baholaydi (Task Achievement, Coherence & Cohesion, Lexical Resource, Grammar), xatolarni topib, taxminiy band score beradi ๐ Grammar mashqi โ har bir grammatik qoida uchun AI faqat o'sha qoidadan foydalanilganmi tekshiradi, xato bo'lsa tuzatadi ๐ Tarjima mashqi โ o'zbekcha gapni ingliz tiliga tarjima qilish, AI baholaydi
๐ Kontent turlari โ bitta ilovada to'rttasi
So'zlar โ klassik flashcard + 4-variantli test, 20 tadan guruhlanadi Gaplar โ real hayotiy iboralar, rangli so'z-juftlik moslashtirish bilan Hikoyalar โ to'liq matn, ingliz + o'zbek, kontekstda o'qish uchun Kategoriyalar โ ikki qavatli tuzilma (masalan "Beginner" โ "Sayohat")
โ๏ธ Rasm bilan ishlash โ Cloudinary Writing Task 1 uchun diagramma/grafik rasmlari Cloudinary'da saqlanadi, AI ularni to'g'ridan-to'g'ri ko'rib baholaydi (multimodal AI).
๐ฅ Motivatsiya mexanizmlari
Streak โ ketma-ket kunlar hisoblagichi Reyting jadvali โ kim eng ko'p so'z yodlaganini ko'rsatadi Haftalik eslatma โ bot orqali avtomatik xabar
Bularning barchasi @lingoboost347_bot da
